Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida chempion sportchilar ishtirokida “Mardlar qo‘riqlaydi, Vatanni!” mavzusida uchrashuvlar o‘tkazilishi davom etmoqda.
Navbatdagi tadbir mehmoni “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari sovrindori Jahon chempioni, “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Muzaffarbek To‘raboyev bilan Institut kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
U tinglovchilar bilan “Parij-2024” Olimpiadasi tassurotlari bilan dildan suhbatlashdi. Tinglovchilarga sport sirlari, yutuq va natijalarini so‘zlab berdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib, qizig‘in savol javoblar tadbirni yana-da ko‘tarinki kayfiyatga olib chiqdi. U sport sohasida ham yutuqlarga erishib kelayotgan tinglovchilarga omad tiladi va o‘z tavsiyalarini berdi.
Zero, tinglovchilar chempion bilan uchrashuvdan ruhlanib, maqsadlari sari harakat uchun qo‘shimcha kuch oldilar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Institut Matbuot xizmati