Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida sayyor dars mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, navbatdagi Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash uchun o‘quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilar bilan o‘quv mashg‘uloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi. Aholi murojaatlari bilan ishlab, odamlarning muammo va takliflarini tinglash, ular o‘rtaga tashlayotgan masalalarni hal etish haqidagi maʼlumotlar bilan tanishdilar.
Institut Matbuot xizmati