Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida xodimlar kasbiy salohiyatini yuksaltirish bilan bir qatorda, ularning sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha yakka va juftlik bahslari o‘tkazildi.
Qizg‘in kechgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra, 35 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida 1-o‘rinni Jangovar tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi Xusan Muslimov, 35 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida 1-o‘rinni O‘quv-uslubiy bo‘lim o‘qituvchi-metodisti Rustam Meliboyev, 45 yoshdan katta bo‘lgan xodimlar o‘rtasida 1-o‘rinni Jismoniy tayyorgarlik sikli boshlig‘i Alisher Usmanov qo‘lga kiritdilar.
Juftlik baxslarida 1-o‘rin AKT bo‘limi bosh mutaxassisi Ulug‘bek Madiyev va Jismoniy tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi Shokir Albekovlarga nasib etdi.
Ayol xodimalar bellashuvida 1-o‘rinni Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi Feruza Matyakubova egalladi. Juftlik baxslada esa 1-o‘ringa Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulsanam Ro‘ziyeva hamda sikl o‘qituvchisi Feruza Matyakubovalar munosib topildi.
Musobaqa g‘oliblariga Institut boshlig‘i tomonidan diplomlar topshirildi.
Institut Matbuot xizmati