Malakaviy amaliyotda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishdagi tinglovchilarning jamoat joylarida, mahallalarda va ko‘ngilochar maskanlarda kasbiy mahorati shakllantirishgina emas, balki ularning individual va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tinglovchilar bilan PPX xodimlari xizmat faoliyati davomida jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan hodisa joyini saqlanishini taʼminlash jarayonida, PPX xodimlarining majburiyatlari, huquqlari, tezkor tergov guruhi yetib kelgunga qadar amalga oshiradigan qonuniy harakatlari bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda.
Fuqarolar bilan muloqotlar jarayonida patrul-post xizmati xodimi o‘rtasidagi turli nostandart holatlar va muammoli vaziyatlar bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda.
Institut Matbuot xizmati