9-fevral – so‘z mulkining sultoni, davlat arbobi, mutafakkir hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludi kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida shoirning boy adabiy merosini o‘rganish, tinglovchilar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish maqsadida viktorina tashkil etildi.
Viktorinada Alisher Navoiy hayoti va ijodiga hamda asarlariga oid savollar berildi va unga tinglovchilar yozma va og‘zaki javob berdilar. G‘oliblarga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Institut Matbuot xizmati