Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi

09.02.2025 36 marta ko'rilgan

      Bugun 9-fevral kuni poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida so‘z mulkining sultoni, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

      Unda vazirlik va idoralar, adabiyotshunos olimlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

   Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti o‘qituvchi va tinglovchilari ham tadbirda qatnashib, Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydi hamda hurmat bajo keltirdi.

 

Institut Matbuot xizmati