Tinglovchilarning bilimlari amaliyot bilan mustahkamlanmoqda

06.02.2025 32 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Pasport tizimini taʼminlash” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ohangaron tumani, Olmaliq va Ohangaron shaharlari ichki ishlar bo‘limlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida malakaviy amaliyotni o‘tamoqdalar.

      Tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun ichki ishlar organlarida barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Amaliyotning dastlabki kunlarida tinglovchilar bo‘linmalarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bo‘linmalardagi mavjud ish jarayonlarini ko‘zdan kechirish tinglovchilar uchun qiziqarli va kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishga ko‘maklashdi. Amaliyot davomida tinglovchilar ID karta va xorijga chiqish pasportini yangisiga almashtirish tartibi kabi bir qancha jarayonlarni kuzatish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu o‘z navbatida, bo‘lajak mutaxassislarga  sohaviy xizmat faoliyati va undagi tizim haqida to‘liq tasavvur beradi.  

 

Institut Matbuot xizmati