Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining xizmat bo‘yicha o‘rinbosarlari poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyiga tashrif buyurishdi.
Tinglovchilarga o‘tkir syujet va hayotiy voqealarga asoslangan “Uch qahramon” filmida ichki ishlar xodimlarining murakkab vaziyatlarda o‘z burchlarini sadoqat, fidoyilik va qatʼiyat bilan ado etishi, xalq xavfsizligini taʼminlash yo‘lidagi harakatlari haqqoniy tasvirlanganligi katta taassurot qoldirdi.
Bu kabi badiiy filmlar xodimlarning bemisl jasorati, matonati shu bilan birga oliyjanob xislatlarini ko‘rsatib bermoqda.
Institut Matbuot xizmati