Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hudud 47-son Manzil koloniyaning doimiy shaxsiy tarkibi bilan Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi Xusanjon Muslimov tomonidan “Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va qayta yig‘ish” mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va qayta yig‘ish tartibi, vaqt me’yorlari, baholash me’zonlari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.
Amaliy mashg‘ulot davomida Manzil koloniya xodimlari Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish hamda yig‘ish tartibini amaliy bajarib o‘z tajribalari va jangovar tayyorgarligini oshirishdi.
Institut Matbuot xizmati