Ayni kunlarda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lajak yosh mutaxassislar Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, yo‘l-patrul xizmati brigadasi batalonlarida nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog‘lagan holda zarur tajribalarini orttirishmoqda.
Tinglovchilarning bir qismi Olmaliq va Ohangaron shahri, Ohangaron tumani hududida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishayotgan bo‘lsa, boshqalari targ‘ibot-tashviqot va reyd amaliyoti doirasida aholi gavjum maskanlarda bo‘lib amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda.
Tinglovchilar mutaxassislar ko‘magida mavjud texnikalar, bodi kamera hamda planshetlarni ko‘zdan kechirib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Amaliyot doirasida tinglovchilarning bevosita ishtiroki orqali hududlarda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasidagi bilimlari ham mustahkamlanmoqda.
Institut Matbuot xizmati