Zamon bilаn hamnafas o‘qituvchi

05.02.2025 24 marta ko'rilgan

     So‘nggi yillarda yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, bu boradagi faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini takomillashtirish borasida keng imkoniyatlar yaratildi.

    Hayotda o‘z o‘rnini topishda, yuqori natijalarga erishishda chet tillarini bilishi katta yordam berishini bilgan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi Lazizjon Komilov Xalqaro ingliz tili test tizimi Test markazida IELTS (International English Language Testing System) imtihonini topshirdi. Imtihon natijalari bo‘yicha “Gapirish (Speaking)” bo‘yicha 6.0, “Eshitish (Listening)”  bo‘yicha 6.0, “O‘qish (Reading)” bo‘yicha 6.0, “Yozish (Writing)” bo‘yicha 6.5, “Jami (Overall)“ 6.0 ko‘rsatkich (Kompetent foydalanuvchi)ni qayd etdi.

     Institut jamoasi L.Komilovni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi hamda insitutning mavqe va nufuzini yana-da oshirish yo‘lida olib borayotgan faoliyatiga rivoj tilab qoladi.

Institut Matbuot xizmati