Respublika Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi Sariosiyo tumanida
04.02.2025
30 marta ko'rilgan
Sariosiyo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi ishtirokida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, aholi osoyishtaligini taʼminlash borasidagi ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda ishchi guruhi aʼzosi Vazirlik Malaka oshirish instituti Maxsus fanlar sikli boshlig‘i A’zamjon Vaxidov tomonidan Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati mahalla yettiligi vakillariga tushuntirildi.
Tumanning qizil toifaga kirgan yettita mahallalari, xususan Bellur, Niholzor, Ehtirom, M.Ulug‘bek, Daragiston, Nilu, Xonjiza mahalla yettiligi va tuman masʼullari bilan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va mazkur hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.