Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
31.01.2025
102 marta ko'rilgan
Poytaxtimizda joylashgan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks zalida kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 350 dan ortiq bokschilar ishtirok etib, yurtimiz birinchiligi uchun keskin kurash olib bordi.
Mazkur musobaqada Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchisi, safdor Samandar Djalolov 80 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.