Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini kapital ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi

29.01.2025 32 marta ko'rilgan

      Joriy yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga Koreya xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi (KOICA)ning qurilish bo‘yicha menejeri Kang Mun Hyung rahbarligidagi ekspert guruhi Institutda Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif  buyurdi.

       Mazkur markaz kelgusida ichki ishlar organlari xodimlarini zamonaviy o‘qitish uslublari asosida tayyorlash jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qiladi.

Institut Matbuot xizmati