Bugungi kunda yurtimizda beg‘araz donorlikni rivojlantirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ham ko‘ngilli donorlarni qon topshirib, beg‘araz donorlik aksiyalarida ishtirok etib kelmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Markaziy gostipalida Respublika qon quyish Markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi beg‘araz donorlikda Institutning 50 dan ziyod professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar sahovatli ishga bosh qo‘shdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati