Nazariya va amaliyot uyg‘unligi – muhim masala

28.01.2025 28 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi “Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun tashkil qilingan qayta tayyorlash o‘quv kursining 1-guruh tinglovchilari bilan Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish tartibi mavzusida Institut katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Jasur Kenjayev tomonidan binar mashg‘ulot o‘tkazildi.

    Mashg‘ulotda  Yashnobod tumani IIO FMB mas’ul xodimi, podpolkovnik Ulug‘bek Badalov ham ishtirok etib, tinglovchilarga profilaktika inspektorlarining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi, tartibi va huquqiy asoslari, sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha profilaktika inspektori tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlarni ko‘rib chiqish tartibi, ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan bayonnomani tuzish tartibi va asoslari tushuntirildi.

Institut Matbuot xizmativ