Istiqboldagi ustuvor vazifalar Ilmiy kengash kun tartibida

24.01.2025 18 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Ilmiy kengashi raisi t.f.n., dotsent, polkovnik  Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

    Ilmiy kengash yig‘ilishida Insitutda 2024 yil davomida  amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalar atroflicha muhokama qilindi.

    Tanqidiy ruhda o‘tgan majlis yakuniga ko‘ra sifatli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv jarayoniga malakali amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilish hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar bilan bog‘liq masalalar  bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Institut Matbuot xizmati