Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilariga Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmuni tushuntirildi.
Qarorga ko‘ra, mas’ul idoralar va muassasalar uchun 2025-yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilanganligi, endilikda, jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishlar olib borilishi, barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlariga
2025-yilda kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom biriktirilishi, mahallalarda profilaktika kichik inspektori faoliyati yo‘lga qo‘yilishi hamda unda ko‘rsatilgan vazifalarni amaliyotga joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.