Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun tashkil qilingan qayta tayyorlash o‘quv kursining 2-guruh tinglovchilari bilan “Maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish” mavzusida Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Jasur Kenjayev tomonidan master-klass tarzida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotga Toshkent shahar IIBB Bektemir tumani IIO FMB Tahrirlash va muvofiqlashtirish guruhi katta inspektori Kasimjan Supiyev ham ishtirok etib, tinglovchilarga maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi, mazkur yo‘nalishda ish yuritishning huquqiy asoslari bosqichma-bosqich tushuntirildi.