Madaniy hordiq samarali xizmat garovi..

24.01.2025 26 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari va tinglovchilari maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini taʼminlash maqsadida, Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti Abdujabbor Abjalovning tashabbusi bilan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursining 1 va 2-guruh tinglovchilari Bektemir tumanida joylashgan Madaniyat saroyiga taklif etildi.

    Madaniyat saroyi sanʼatkorlari o‘z chiqishlari bilan barchaga xush kayfiyat taqdim etishdi. Tinglovchilar konsert davomida sanʼat ahlining ijrolaridan zavq olishib, unutilmas yorqin taassurotlarga ega bo‘lishdi.

     Tadbir yakunida Bektemir tumani Madaniyat saroyi rahbariyati va ijodkorlariga mana shunday madaniy hordiqni tashkil etganliklari uchun Institut rahbariyati tomonidan  minnatdorchilik bildirildi.

Institut Matbuot xizmati