Kutubxonaga kitoblar jamlanmasi topshirildi

23.01.2025 22 marta ko'rilgan

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga ko‘ra, ayni kunlarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi aʼzosi Baxtiyor Musurmanov tomonidan tuman Madaniyat markazi kutubxonasiga Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan tuhfa etilgan 150 nusʼhadagi yuridik va badiiy adabiyotlar topshirildi.

         Tadbirda kitobning inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, roli nihoyatda katta ekanligi, jumladan, taqdim etilayotgan kitoblar tuman aholisi, o‘quvchi yoshlarning tafakkurini yuksaltirishga, kitobxonlar safini yana-da ko‘payishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.  

Institut Matbuot xizmati