“Ogohlikni men qanday his etaman?”

23.01.2025 52 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyida  “Ogohlikni men qanday his etaman?” mavzusiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda vazirlik Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchilari To‘lqin G‘ozibekov va Ilhom Nazarovlar ishtirok etdilar.

       Tadbirda so‘zga chiqganlar bugungi kunda jahonning turli nuqtalarida ro‘y berayotgan terrorchilik xatti-harakatlari, qonli mojarolar, o‘zaro nizolarning mudhish oqibatlari haqida, avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodda tasavvur hosil qilish, inson ongini zaharlashga urinayotgan yovuz niyatli kimsalar aldovidan ehtiyot bo‘lishga undash, joylarda maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish xozirgi kunda eng muhim vazifalaridan biriga aylanganini taʼkidladilar.

Institut Matbuot xizmati