So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida “102” xizmati o‘z faoliyatini uzluksiz takomillashtirib bormoqda. Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun tashkil qilingan qayta tayyorlash o‘quv kursining 1 guruh tinglovchilari bilan “Ichki ishlar organlarining “102” xizmati faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos hususiyatlari va ahamiyati” mavzusida Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Jasur Kenjayev va O‘rol Saidovlar tomonidan maʼruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilarning nazariy bilimlarini oshirish hamda ularda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazi masʼul xodimi Sarvar Dehqonov, “102” xizmat faoliyatining huquqiy asoslari, faoliyat yo‘nalishlari va vazifalari, murojaatlarni qabul qilish tartiblarini bosqichma-bosqich tushuntirib berdi.
Tinglovchilar mavzu doirasida maxsus tayyorlangan slaydlar, ko‘rgazmalari materiallar orqali o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga misollar orqali to‘liq javoblar oldilar.