Institutda navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi

21.01.2025 27 marta ko'rilgan

      Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”dir. Darhaqiqat, kitob mutolaa qilish insonning ichki dunyosini boyitib, o‘chmas iz qoldiradi.

   Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida xodim va tinglovchilarning badiiy kitoblar mutolaasiga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda, bu esa ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

      Institutda navbatdagi kitob yarmarkasida tinglovchilar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, badiiy adabiyotlarni katta qiziqish bilan xarid qildilar.

Institut Matbuot xizmati