Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markaziga tashrif buyurildi

17.01.2025 25 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari Erkin Xushvaqtov va Djura Allayorovlar tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshliqlari bilan egallangan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazida bo‘ldilar.

   Markazning ma’sul xodimlar tomonidan tinglovchilarga markazning asosiy faoliyati haqida tushuntirishlar berildi.

      Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishib, kelgusidagi xizmat faoliyatida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan zaruriy maslahatlar berildi.

Institut Matbuot xizmati