Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab, “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Institut professor-o‘qituvchilari, bo‘lim va xizmatlar xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdilar.
Tadbirini Institut boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov kirish so‘zi bilan ochib, Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Razzoqovich Bobojonovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. O‘zi ham tadbir ishtirokchilarini yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashdek masʼuliyat vazifani bajarishida muvaffaqiyat tiladi.
Shundan so‘ng, tadbirda xizmat faoliyati davomida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlar mukofotlandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Qodirjon Ataboyev, “podpolkovnik” maxsus unvoni bilan mayor Raxmidin Djurayev, Ichki ishlar vazirligining “Aʼlo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan podpolkovnik Erkin Xushvaqtov, mayor Dilshod Mirzabayev, 2-darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan Farxod Axmedov, 3-darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan podpolkovnik Djura Allayorov, Ichki ishlar vazirligining qimmatbaho sovg‘asi – kitoblar to‘plami bilan safdorlar Timur Xalmuratov va Muxayyo Egamqulovalar taqdirlandi.
Tadbirda istiqlolimiz, uning beqiyos neʼmatlari, tinch va osoyishta hayotimizning qadr-qimmati ulug‘landi.
Institut Matbuot xizmati