Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti 5-guruh tinglovchilari bilan jangovar tayyorgarlikni yanada oshirish maqsadida institutga qarashli Olmaliq shahar o‘quv bazasida binar amaliy o‘q otishga tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazildi.
Amaliy o‘q otish mashg‘uloti davomida tinglovchilarning Kalashnikov avtomatidan nishonni to‘g‘ri zabt etish, o‘q otar qurollardan foydalanish, unga xizmat ko‘rsatish va ularni qo‘llashning huquqiy asoslari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordi. Shundan so‘ng tinglovchilarning xizmat qurolining tarkibiy qismlari, uni qo‘llash, olib yurish, saqlash qoidalari, xavfsizlik choralari, to‘liqsiz qismlarga ajratish hamda yig‘ish borasidagi bilimlari tekshirilib, Kalashnikov avtomatidan amaliy o‘q otish mashg‘ulotini bajarish tartibi o‘rgatildi. Mashg‘ulotda Toshkent viloyati IIBB TVBSO komandirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor J.Ergashev ishtirok etdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati