Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Vazirlik Malaka oshirish institutida Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshliqlari bilan Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi. So‘ng, xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari, ta’magirlik va poraxo‘rlik, xizmatga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik, doimiy ravishda fuqarolar va hamkasblari bilan xushmuomalada bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimi degan sharafli nomga dog‘ tushirmaslik lozimligi to‘g‘risida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida xodimlarga “Eng muhim vazifamiz – mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning uchun el-yurtimiz avvalo biz – rahbarlarning faoliyatidan rozi bo‘lishi kerak”ligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Institut Matbuot xizmati