Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarida ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlaridan 23 nafardan ziyod xodimlar “podpolkovnik” maxsus unvonini olish yo‘nalishida o‘quv tayyorgarlikdan o‘tkazildi.
O‘quv kursi yakunida komissiya tarkibida o‘tkazilgan sinov va imtihonlarni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.