O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Yo‘l-patrul va Patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha 144 soatli dastur asosida uzluksiz o‘qitish amaliyoti jarayonida bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
O‘quv mashg‘ulotlarida nostandart vaziyatlar, muammoli holatlar yuzasidan Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan videolavhalar orqali mavzularga doir huquqiy yechimlar tushuntirildi.
O‘quv kursi yakuniga ko‘ra tinglovchilar maxsus sinovdan o‘tkazildi hamda sinovlarni muvafaqqiyatli topshirgan xodimlarga kelgusida ushbu sohada xizmat qilish huquqini ta’minlaydigan sertifikat berildi.
Shuningdek, tadbirda safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursini yakunlagan tinglovchilarga ham sertifikatlar topshirildi.
Institut Matbuot xizmati