Yangilik haqida batafsil

“Korrupsiya va unga qarshi kurashish: muammolar va yechimlar”..
Dec. 11, 2024

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Korrupsiya va unga qarshi kurashish: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

    Konferensiyada Respublikamizning 20 dan ortiq nufuzli tashkilotlarining mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va yetuk mutaxassislari qatnashdilar, shuningdek, Institutda ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar hamda Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash uchun zaxiradagi xodimlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari ham ishtirok etdilar.

     Ilmiy-amaliy anjuman avvalida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

        So‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish borasidagi yangicha yondashuvlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘zlarini takliflarini o‘rtaga tashladilar.

      Tadbir qizg‘in tusda, bahs-munozalarga boy tarzda o‘tkazildi hamda yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish oid yangicha yondoshuvlar, muammoni yechimlari bo‘yicha masalalar muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

     Konferensiyada ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar, kelgusida Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirsh va qayta tayyorlashda o‘zining ijobiy samarasini beradi.

 

Institut Matbuot xizmati