Toshkent viloyati Olmaliq shaxridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari bilan “Terrorizmga qarshi kurash” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati mavzusida IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fvkulteti Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli professor-o‘qituvchilari tomonidan qonunchilik va huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Tadbirda texnikum o‘qituvchilari va 120 dan ortiq o‘qituvchilar ishtirok etishdi. O‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga nazariy va amaliy misollar bilan javoblar berildi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Institut Matbuot xizmati