Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman(shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash uchun zaxiradagi xodimlar uchun tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kursi tinglovchilariga Yuridik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Muhammadrasul Ummatov tomonidan “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligi” nomli mavzuda o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv seminar mashg‘ulotida Konstitutsiyamizda fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklariga oid normalarning mazmun va mohiyati yana-da chuqurroq tarzda tinglovchilarga yetkazilib, ularning huquqiy ongi va savodxonligi yanada oshirildi.
Tinglovchilar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.
Institut Matbuot xizmati