Yangilik haqida batafsil

“Ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini taʼminlashning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari”
Dec. 4, 2024

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini taʼminlashning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

   Konferensiyada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Davlat va huquq instituti, Ichki ishlar  vazirligi Akademiyasi, Toshkent Davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, Termiz davlat universiteti, Toshkent xalqaro universiteti, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

      Ilmiy-amaliy anjuman avvalida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i t.f.n., dotsent Olimjon Axmedov ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini taʼminlashning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari xususida to‘xtalib o‘tdi.

    Konferensiyada so‘z olganlar konstitutsiyada fuqarolarning shaxsiy huquqlari, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ekologik huquqlarini ichki ishlar organlari tomonidan taʼminlanishi haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

 

Institut Matbuot xizmati