Davra suhbatini sikl boshlig‘i A’zamjon Vaxidov kirish so‘zi bilan ochib, ichki ishlar organlarida tub islohotlar amalga oshirilayotganligi, har bir xodim ichki ishlar organlari xizmatiga kirish oldidan qilgan qasamyodiga sodiq qolgan holda Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishi zarurligi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
So‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlari xodimlarini xizmat o‘tash davrida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari hamda fuqarolar bilan muloqot vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nostandart, ziddiyatli vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Institut Matbuot xizmati