Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahar o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Maxsus operasiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletidan elektron tirda o‘q otish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Amaliy mashg‘ulot tinglovchilar tomonidan jangovar vazifalarni bajarish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda o‘qotar quroldan mohirona foydalanish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Institut Matbuot xizmati