Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Oliy o‘quv yurtlariga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlari, “Qalqon” jamoa a’zolari, shuningdek, tyutorlar o‘rtasida talabalarning zararli odatlari to‘g‘risida ota-onalarini o‘z vaqtida xabardor qilishga mas’uliyatlarini oshirish hamda sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan Respublika o‘quv seminari yakunlandi.
Uch kunlik o‘quv seminariga jalb qilingan ekspertlar, yetakchi mutaxassislar tomonidan profilaktika inspektorlarining talaba bilan individual ishlagan holda ularni o‘z iqtidoriga ko‘ra professor-o‘qituvchilarga ustoz-shogird tizimi bo‘yicha biriktirish, fan olimpiadalari, davlat stipendiyalari, davlat mukofotlari nomzod sifatida tayyorlash, 5 muhim tashabbus to‘garaklari va sport seksiyalarga to‘liq jalb etish borasidagi bilim va ko‘nikmalari oshirildi.
Bugun Respublika o‘quv seminarida ishtirok etgan 180 nafarga yaqin profilaktika inspektorlariga sertifikatlar topshirildi.
Institut Matbuot xizmati