20-22 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Universal sport majmuasida erkaklar va ayollar o‘rtasida Erkin kurash sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Musobaqada respublikamizning 400 ga yaqin sportchilari qatnashdi.
Chempionatda IIV Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchisi Maxsud Veysalov ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston terma jamoa safida, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdi.
Institut Matbuot xizmati