Yangilik haqida batafsil

“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, muhandislik-texnik muammolari va yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya
Nov. 23, 2024

      O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti “Axborot texnologiyalari” sikli tomonidan 2024-yil  5-dekabr kuni Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, muhandislik-texnik muammolari va yechimlarimavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

      Konferensiyada oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantura izlanuvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

        Konferensiya materiallarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

maqola, tezis materiallari o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;

tezis matnlari 2-5 bet hajmda (2 betdan kam bo‘lmasligi lozim), A-4 bichimli qog‘ozda, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda, yuqori va pastdan – 2,0 sm, o‘ngdan 2 sm, chapdan – 2 sm joy qoldirilib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim;

maqolaning oxirida alohida ilmiy-nazariy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi lozim;

tezislar elektron variantda RTF formatida taqdim etiladi;

maqola mavzusi bosh harflarda qalin shriftda yoziladi, keyingi qatorda og‘ma shriftda varaqning o‘rtasida muallif (lar)ning ilmiy darajasi va unvoni, ism va familiyasi yoziladi.

      Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan, o‘z vaqtida topshirilmagan, kamchiliklari mavjud bo‘lgan, ekspertizadan o‘tmagan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Barcha talablarga javob bergan ma’ruza materiallari to‘plam shaklida chop etiladi. Tashkiliy qo‘mita maqola matnini qisman tuzatish huquqiga ega.

       Tashkiliy badal mavjud emas.

      Materiallar (maqola, tezislar) 2024-yil 3-dekabrga qadar moi@iiv.uz elektron manzil yoki @iivmoiats2024 Telegram manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

       Ma’ruzalarni qabul qilish bo‘yicha ma’sul shaxs:

       Boynazarov Otabek tel.: (33) 793-68-07.