Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi maxsus unvon berish uchun malaka oshirish hamda vazirlik o‘quv-dala markazida ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash o‘quv kurslari yakunlandi.
O‘quv kursi yakunida o‘tkazilgan sinov va imtihonlarni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tinglovchilar unvon katta mas’uliyat yuklashini ta’kidlab, o‘quv kursi davomida olgan bilimlari kelgusi xizmatlarida o‘z samarasini berishini ta’kidladilar.
Institut Matbuot xizmati