Avval xabar qilganimizdek, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Oliy o‘quv yurtlariga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlari bilan Respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda IIV Malaka oshirish instituti kafedra boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor, podpolkovnik F.F.Xatamov 2024 yil 5 oktabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga yetkazdi.
Ushbu Qonun giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni targ‘ib yoki reklama qilishning hamda ularning qonunga xilof muomalasining oldini olishga xizmat qilishi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Institut Matbuot xizmati