Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilarning axborot texnolgiyalari sohasidagi kibertahdidlardan ogohligini oshirish hamda raqamli immunitetni shakllantirish maqsadida "Kibertahdidlardan ogoh bo‘ling" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda tinglovchilarga Toshkent shahar IIB Bektemir tumani IIO FMB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni oldini olish bo‘limi xodimlari kapitanlar Shaxboz Abduraimov va Xondamir Xasanovlar hamda institut mas’ullari tomonidan plastik kartalarni boshqarishda, turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda va har qanday internet orqali bajariladigan faoliyat sohalarida ehtiyotkorlikni yuqori darajada tashkil yetish borasida tegishli bilimlar berib o‘tildi.
Institut Matbuot xizmati