Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Oliy o‘quv yurtlariga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlari, “Qalqon” jamoa a’zolari, shuningdek, tyutorlar o‘rtasida talabalarning zararli odatlari to‘g‘risida ota-onalarini o‘z vaqtida xabardor qilishga mas’uliyatlarini oshirish hamda sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan Respublika o‘quv seminari boshlandi.
Seminarda barcha profilaktika (katta) inspektorlari oflayn, “Qalqon guruhi” a’zolari esa onlayn ishtirok etmoqda.
O‘quv seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Mazkur seminarda ishtirokchilar kelgusida talaba-yoshlar uchun giyohvandlik bilan bog‘liq yangi tahdidlarni oldini olish bo‘yicha barcha hamkor tashkilotlar bilan birga tizimli ishlashning samarali usullardan foydalanib, profilaktik tadbirlarni o‘tkazish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli bilimlarni egallaydilar.
Institut Matbuot xizmati