O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursida tahsil olayotgan profilaktika (katta) inspektorlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markaziga tashrif buyurdilar.
Ma’sul xodimlar tomonidan tinglovchilarga markazning asosiy faoliyati va amaliyotda IIO faoliyatini monitoring qilish haqida keng tushuntirishlar berildi. Jumladan, profilaktika inspektorlarining faoliyatini 6 ta yo‘nalish bo‘yicha nazorat qilish va baholash tizimi, bunda “E-Jamoat xavfsizligi”, “E-Ijtimoiy vaziyat” kabi dasturlar, yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash xizmatlarining yagona axborot tizimlari hamda “aqlli” kuzatuv kameralari integratsiyasi, uchuvchisiz qurilmalarni qo‘llash bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar berildi.
Mazkur mashg‘ulot davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Institut Matbuot xizmati