Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi ofis rahbarining taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Nodirbek Odilov tomonidan Janubiy Koreya davlatining O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan volontyorlar va ofis xodimlari uchun “Xavfsizlik” mavzusida seminar trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Treningda O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilik ahvoli, jinoyatchilik tahdidlari va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari yuzasidan nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Institut Matbuot xizmati