2024 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida “Bolalar tomonidan yoki ularga nisbatan sodir etilgan kiberjinoyatlar” mavzusida trening o‘z ishini boshladi.
Treningni Institut boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Rasulev ochib berib, ishtirokchilarga Malaka oshirish instituti faoliyati yuzasidan ma’lumot berdi.
Mashg‘ulotlar Buyuk Britaniyaning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Timoti Yerik Kertis tomonidan olib boriladi. Unda kiberjinoyatlar, kompyuter texnikalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish, zo‘ravonlik belgilari va alomatlari, jinoyatlar to‘g‘risida xabar berishga to‘sqinlik qiluvchi omillar, bola huquqlari, gumonlanuvchiga jabrlanuvchi sifatida munosabatda bo‘lish, bola gaplashmoqchi bo‘lgan odamning fazilatlari, YuNICEFning suhbat o‘tkazish, guvohliklarni yozib olish bo‘yicha yondashuvi kabi mavzular yoritiladi.
Tadbirda Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalarining ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari xodimlari va tegishli mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi va Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari zarur bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida ishtirok etmoqda.
Institut Matbuot xizmati