Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutidagi navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Uzoq yillar davomida ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilib, o‘zining halolligi va fidoyiligi bilan yosh xodimlarga o‘rnak bo‘lgan podpolkovnik Nurlan Bekbaum tantanali ravishda pensiyaga kuzatildi.
Unga milliy qadriyatlarimizga tayangan holda to‘n kiydirilib, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Institut rahbariyati va xodimlari tomonidan sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat doimo hamroh bo‘lishi haqida ezgu tilaklar bildirildi.
O‘z navbatida pensiyaga chiqqan podpolkovnik Nurlan Bekbaum so‘z olib, Ichki ishlar organlarida xizmat qilgan mashaqqatli, ammo sharafli yo‘llarini g‘urur bilan esga olib, shogirdlarga ularning yo‘llarini berishini, har qanday yordam va maslahatlarga doimo tayyor ekanliklarini bildirishdi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlash, eng asosiysi xizmat davomida o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, salbiy illatlar - korrupsiya, ta’magirlik kabi noqonuniy yo‘llarga chalg‘imasdan kuch-g‘ayrat bilan halol xizmat qilishga chorladilar.
Institut Matbuot xizmati