Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar-tarmoq) boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun o‘quv kursi yakunlandi.
O‘quv mashg‘ulotlari professor-o‘qituvchilar hamda vazirlik sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda, zamon talablari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borildi. O‘quv kursi yakunida o‘tkazilgan sinov va imtihonlarni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tinglovchilar bugungi sertifikat katta mas’uliyat yuklashini ta’kidlab, o‘quv kursi davomida olgan bilim va ko‘nikmalari xizmat faoliyatini tashkil etishda o‘z samarasini berishini ta’kidladilar.
Institut Matbuot xizmat