Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Z.O‘. Fayzullayev, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yetakchi mutaxassisi, kapitan N.J.Ergashev, Institut Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar-tarmoq) Ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun malaka oshirish o‘quv kursida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirok etdi.
Davra suhbatini Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi boshlig‘i, siyosiy fanlari doktori (DSc), professor, podpolkovnik F.F. Xatamov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir mehmonlarini tanishtirdi.
So‘zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Institut Matbuot xizmati