Yangilik haqida batafsil

Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lishi lozim
Feb. 3, 2024

     Ichki ishlar vazirigi Malaka oshirish instituti boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda kadrlar bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan Vazirlik O‘quv-dala markaziga Institutida boshlang‘ich tayyorgarlikni o‘tash uchun hududiy va tarkibiy ichki ishlar organlaridan kelgan 604 nafar tinglovchilariga ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonuniylik, xizmat guvohnomasi, xodimlarga beriladigan imtiyozlar, ularning umumiy majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lishi lozimligi tushuntirildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yildagi PQ-10-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” qat’iy ravishda rioya etishlari zarurligi, aks holda ushbu harakatlarning salbiy oqibatlari aniq misollar bilan tushuntirildi.

       Tinglovchilarga mazkur uch oylik o‘quv yig‘inlari davomida IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari, saf qismi mas’ul xodimlari tomonidan berilayotgan bilim va ko‘nikmalarni to‘liq o‘zlashtirib olishlari lozimligi alohida ta’kidlandi.

 Tinglovchilarning yotoqxonalari va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.

                   IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati